Qizaloq, o'qing faqat yig'lamang!
Ular juda baxtli oila edi. Ota, ona va 3yoshli shiringinaqizaloqdan iborat bu oila juda baxtli hayot kechirishardi. Lekin taqdir hukmi bu baxtni ularga ko'p ko'rdi - uzoq davom etgan kasallik sababli ona 3yoshli qizi hamda sevimli yorini tashlab bu dunyoni tark etdi. Turmush o'rtog'uning o'limidan chuqur qayg'uga botgan ota qizalog'iga onasini o'limini qanday aytishni bilmas edi. Buni ustiga har kuni go'dak otasidan "Oyim qayerga ketdilar, qachon keladilar" deb so'rayverardi.-Oying ishga ketdi ishxonasidan uzoq muddatli safarga chaqirishgan, Hudo hohlasa tez orada kirib keladi - deb qizini ovutib qo'yardi.Qizaloq bu savolni tez-tez berar va deyarli bir xil javob olardi.Shunday qilib qizi 8 yoshga chiqqan yili ota bir mehribon ayol bn tanishadi va turmush quradi. Bir kuni otasi qizini yoniga chaqirib , asta gap boshladi:- Qizim, oying qaytib keladigan bo'ldi. Sen uni qiyofasini unutib qo'ymadingmi?- Yo'q.Huddi shu lahza eshik ochilib, ostonada haligi ayol paydo bo'ladi.Quchog'ini keng ochib, qizning ismini aytib chaqiradi.-Qizalog'im men oyingman taniyapsanmi?Qizaloq otasiga hayron qarab qo'ydi.- Qizim oyingni tanimadingmi?Axir u seni onang-ku! Aytgandimku keladi deb. Borib quchoqlab qo'ychi.Qiz indamay borib, ayolning quchog'iga borib "oyi" deb qo'ydi. Ko'ngli to'lagan ota qizini yoniga borib peshonasidan asta o'pdi va "Hozir kelaman sen oying bn o'tirib tur" deb chiqib ketdi. Otasi chiqib ketgach qiz birdan yig'lab yubordi va ko'zda yoshi bn:-Siz meni oyim emassiz. Meni oyim o'lgan!!!Dong qotgan ayol nima deyishni bilmadi.-Buni men bobomlarnikida eshitganman. Byni faqat men,bobom va buvim bilamiz. Dadam bundan bexabar. U haligacha oyim safarda deb o'ylaydi. Bu gapni dadm bilmasin bilsa yig'laydi. Sizni doim "oyi" deb chaqiraman. Faqat bu gaplarni dadaga aytib qo'ymang - deya qizaloq "yangi oyisiga" yolborardi.Bu payt esa eshik ortida turgan otaning ko'z yoshlaridaryo bo'lgandi!!
|
Категория: Hikoyalar | Добавил: King (18.07.2019) |
Просмотров: 221 |
| Рейтинг: 2.0/4 |