
Ummon guruhi" guruhning nomini aynan "Ummon" deb qo'yilishiga sabab: Ummon bu cheksiz bo'ladi guruhning ham ijodi cheksiz bo'lishini istab guruhning nomini "Ummon" deb qo'yilgan 2007 yilda 3 yigitning(Zohid,Shoxruh,Jasur) qo'shiq ijro etishga qiziqishi sababli havaskor guruh sifatida tashkil topgan
Boshida ular guruhni nomini "Jazo" deya nomlashgan: Bu nom ko'pchilikga va bu yigitlarning muhlislariga yoqmaganligi sababli "Ummon"ga o'zgartirishgan
Ularning birinchi birgalikda ya'ni Guruh sifatida ularning ilk qo'shig'i: "Sevaveraman" dunyoga kelgan va bir qancha qo'shiqlari bu guruhning o'zbek shou biznesida va yoshlar orasida o'z o'rnini topishiga sabab bo'lgan bulardan biri yoshlar orasida juda ham mashhur bo'lgan "Sokin Tun" taronasi hisoblanadi
Ummon hozirgi kunga kelib o'z yo'nalishi bo'yicha O'zbekistonda 1-raqamli guruhga aylandi va "MTVA Uzbekistan 2012" "Eng yahshi guruh nominatsiyasi" da 2012 yilning eng yahshi guruhi deb tan olingan
Bunga sabab: yosh ijodkorlarning ya'ni Ummon guruhining tinimsiz mehnati bo'lgan
Guruhning birinchi konserti 2010-yil 18-sentabrda "Turkiston" san'at saroyining yozgi saroyida bo'lib o'tdi
ikkinchisi esa: 2011-yilning 1-iyunida "Istiqlol" san'at saroyida 2 seansda, uchinchisi esa 2012-yil 17-sentyabrda "Turkiston" yozgi saroyida bo'lib o'tgan. Va mana Ummon guruhining oxirgi "Yo'q" nomli konsert dasturi ham (2012) "Turkiston" yozgi san'at saroyida bo'lib 2 kun qo'yildi
19-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tdi
konsert juda ham a'lo darajada bo'lib o'tdi
Hozirgi kunda guruh juda ko'p joylarda ko'pgina konsertlarni o'tkazib kelmoqda